07:49 / 29.11.2021
13130
O‘zbekistonga telefonlar asosan qaysi davlatlardan olib kelinayotgani ma'lum bo‘ldi

O‘zbekiston 14 ta davlatdan mobil telefonlar import qilgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumot berdi.

Qo‘mita xabariga ko‘ra, 2021 yilning yanvar-oktabr oylarida O‘zbekiston xorijdan qiymati 154,2 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 2,2 mln dona mobil telefon import qilgan.

Telefon importi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 1,5 mln donaga oshgan. 

O‘zbekiston 14 ta davlatdan mobil telefonlar import qilgan. O‘zbekiston mobil telefonlarni eng ko‘p import qilgan davlatlar quyidagicha:

  • Xitoy – 79,5 mln;
  • Vetnam – 60 mln;
  • Hindiston – 7,2 mln;
  • Qozog‘iston – 5,3 mln;
  • BAA – 1,4 mln;
  • Germaniya – 647 ming; 
  • Rossiya – 175,8 ming AQSh dollari.
Top