22:53 / 29.11.2021
12937
Toliblar Afg‘oniston shimolida harbiy-havo kuchlarining ilk mashg‘ulotini o‘tkazdi

Mashg‘ulotlarda Rossiyada ishlab chiqarilgan Mi-17 va AQSh sobiq hukumatga taqdim etgan MD vertolyotlari qatnashgan.

Foto: TOLOnews

“Tolibon” harakati Afg‘onistonning Balx viloyatida harbiy-havo kuchlarining ilk mashg‘ulotini o‘tkazdi. Bu haqda harbiy-havo kuchlari qo‘mondoni Omonuddin Mansurga tayanib TOLOnews telekanali xabar berdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, mashg‘ulotlarda Rossiyada ishlab chiqarilgan Mi-17 va AQSh sobiq hukumatga taqdim etgan MD vertolyotlari qatnashgan.

Avvalgi harbiy-havo kuchlari askarlari, ayniqsa, texnik xodimlar hozirda Afg‘oniston islom amirligi harbiy-havo kuchlarida xizmat qilmoqda, dedi Mansur.

Omonuddin Mansurning ta'kidlashicha, avvalgi hukumat davrida xizmat qilgan, ammo mamlakatdan qochib ketgan uchuvchilar Afg‘onistonga qaytishi lozim.

“Mamlakatni tark etganlardan qaytishlarini va o‘z xalqiga xizmat qilishlarini so‘raymiz. Ular yana harbiy-havo kuchlariga qabul qilinadi”, - dedi u.

Mansurning qo‘shimcha qilishicha, tez kunlarda barcha aeroportlardan soz va shikastlangan vertolyotlar hamda xizmat qilishga tayyor uchuvchilar sonini aniqlash maqsadida ma'lumotlar olinadi.

Mavzuga oid
Top