09:29 / 30.11.2021
932
Qorao‘zakda qo‘lbola “Qaratau” sotayotgan shaxs qo‘lga olindi
Foto: Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti

Qoraqalpog‘istonda qo‘lbola “Qaratau” sotayotgan shaxs qo‘lga olingan. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.   

Ma'lum bo‘lishicha, departamentning Qorao‘zak tuman bo‘limi tomonidan IIB xodimlari bilan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda fuqaro I.Q. fuqaro G.ga qalbaki aksiz markalar bilan yelimlangan 95 dona “Qaratau” nomli alkogol mahsulotini 2,9 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan. Ayni paytda tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Mavzuga oid
Top