16:09 / 30.11.2021
6601

Shvetsiya bosh vaziri mamlakat NATOga a'zo bo‘lmasligini ma'lum qildi

Andersson shuningdek, Shvetsiya Shimoliy mintaqa yoki YeI mamlakatlaridan birortasida falokat bo‘lsa, bir chetda turmasligini va bu mamlakatlardan ham ana shunday javobni kutishini ta'kidladi.

Foto: Reuters

Shvetsiya NATOga a'zo bo‘lmaydi. Bu haqda mamlakat bosh vaziri Magdalena Andersson ma'lum qildi.

“Harbiy alyanslarda bo‘lmaslik mamlakatimiz uchun yaxshi xizmat qiladi va Shimoliy Yevropadagi barqarorlik va xavfsizlikni ta'minlaydi. Shvetsiya NATOga a'zo bo‘lish uchun ariza bermaydi”, — dedi u.

U shuningdek, Shvetsiya Shimoliy mintaqa yoki YeI mamlakatlaridan birortasida falokat bo‘lsa, bir chetda turmasligini va bu mamlakatlardan ham ana shunday javobni kutishini ta'kidladi.

Andersson Shvetsiya mudofaa sohasida Finlandiya va boshqa qo‘shnilar bilan hamkorlikni kuchaytirayotganini eslatib o‘tdi.

“Milliy mudofaamiz kengaymoqda. Hozirda beshta polk va havo flotiliyamiz tiklanmoqda. Fuqaro mudofaasi kuchaytirilmoqda”, — dedi u.

Magdalena Andersson 29 noyabr kuni Shvetsiya bosh vaziri etib tasdiqlangandi.

Top