05:06 / 01.12.2021
8736
Messi - ESPN talqiniga ko‘ra yilning eng yaxshi forvardi, Levandovski - eng yaxshi markaziy hujumchi
Foto: Getty Images

ESPN nashri 2021 yilning eng yaxshi hujumchilari va markaziy forvardlarini e'lon qildi. 

Lionel Messi eng yaxshi hujumchi, Robert Levandovski eng yaxshi markaziy forvard deb e'tirof etildi. E'tiborlisi, ushbu futbolchilar o‘tgan mavsumda ham nominatsiyada 1-o‘rinni egallashgandi.

ESPN talqiniga ko‘ra yilning eng yaxshi forvardlari o‘nligi:

1. Lionel Messi («Barselona»/»PSJ», o‘tgan mavsumdagi o‘rni — 1);
2. Krishtianu Ronaldu («Yuventus»/»Manchester Yunayted», 3);
3. Kilian Mbappe («PSJ», 2);
4. Muhammad Saloh («Liverpul», 5);
5. Neymar («PSJ», 4);
6. Son Hyon Min («Tottenhem», 7);
7. Memfis Depay («Lion»/»Barselona»);
8. Kay Xaverts («Chelsi»);
9. Dushan Tadich («Ayaks»);
10. Jyerar Moreno («Vilyarreal»).

Yilning eng yaxshi markaziy hujumchilari:

1. Robert Levandovski («Bavariya», o‘tgan mavsumdagi o‘rni — 1);
2. Erling Holand («Borussiya» D, 2);
3. Karim Benzema («Real», 3);
4. Romelu Lukaku («Inter»/«Chelsi», 5);
5. Harri Keyn («Tottenhem», 4);
6. Luis Suares («Atletiko»);
7. Lautaro Martines («Inter»);
8. Chiro Immobile («Latsio», 7);
9. Aleksander Isak («Real Sosedad»);
10. Zlatan Ibrahimovich («Milan»).

Mavzuga oid
Top