11:42 / 01.12.2021
7259

Myanmaning sobiq rahbariga 100 yillik qamoq jazosi tayinlanishi mumkin - OAV

Myanmaning sobiq rahbari, 2021 yil 1 fevralda harbiylar tomondan amalga oshirilgan davlat to‘ntaruvidan keyin hibsga olingan Aun San Su Chji o‘ziga qo‘yilayotgan ayblovlar sud tomonidan tasdiqlansa, umumiy hisobda 100 yillik qamoq jazosiga mahkum qilinishi mumkin. Bu haqda Kyodo yapon nashri xabar berdi.

Foto: barbadostoday

Ma'lumotlarga ko‘ra, 30 noyabrda Aun San Su Chjiga korrupsiya bo‘yicha yangi ayblov bildirilgan. Shu kuni unga nisbatan qo‘zg‘atilgan ishlardan biri bo‘yicha hukm chiqarilishi kutilgandi, biroq u hech qanday tushuntirishsiz 6 dekabrga qoldirilgan.

76 yoshli siyosatchiga nisbatan umumiy hisobda 10 ta jinoiy ayblov, jumladan davlat sirlarini oshkor qilmaslik qonunini buzish ayblovi bildirilgan. Ayblovlarning aksariyati korrupsiya bilan bog‘langan. Jumladan, unga vertolyotni sotib olishda davlat mablag‘larini sarflab yuborish va 600 ming dollar miqdorida hamda tilla taqinchoqlar ko‘rinishida pora olish ayblovlari qo‘yilgan.

Aun San Su Chji davlat maslahatchisi sifatida mamlakatni boshqarib kelgan. U parlament saylovlari natijalarini soxtalashtirish ayblovi bilan 1 fevraldagi davlat to‘ntaruvi davomida harbiylar tomondan hokimiyatdan chetlatilgandi.  

Top