22:25 / 02.12.2021
7420

Apple yilning eng yaxshi o‘yin va ilovalari ro‘yxatini taqdim etdi

Ta'kidlanishicha, bu ilovalar foydalanuvchilarga o‘z qiziqishlari bilan mashg‘ul bo‘lish, yangi ijodiy imkoniyatlarini ochish va yangi taassurotlar olishga yordam bergan. 

Foto: Shutterstock

Apple kompaniyasi Apple qurilmalari uchun 2021 yilning eng yaxshi 15 o‘yini va ilovalari ro‘yxatini e'lon qildi.

Ta'kidlanishicha, bu ilovalar foydalanuvchilarga o‘z qiziqishlari bilan mashg‘ul bo‘lish, yangi ijodiy imkoniyatlarini ochish va yangi taassurotlar olishda yordam bergan. 

Among Us simulyatori eng yaxshi o‘yinlar sirasiga kiritildi. Apple shuningdek, Bumble tanishuvlar ilovasi, Canva dizayn dasturi va qora tanlilarga tegishli tamaddixonalar haqida ma'lumot beruvchi EatOkra ilovasini eng yaxshi ilovalar deb topdi.

Bundan tashqari, iPhone uchun mo‘ljallangan League of Legends: Wild Rift, iPad uchun mo‘ljallangan Marvel Future Revolution o‘yinlari va iPad foydalanuvchilari uchun LumaFusion videodasturi ham ro‘yxatdan o‘rin egalladi.

Top