O‘zbekiston 10 oyda xorijdan 23,9 ming tonna go‘sht import qilgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumot berdi.
Qo‘mita xabariga ko‘ra, 2021 yilning yanvar-oktabr oylarida O‘zbekiston xorijdan 23,9 ming tonna go‘sht import qilgan.
Go‘sht importi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 7,3 ming tonnaga oshgan.
2021 yilning yanvar-oktabr oylarida O‘zbekiston eng ko‘p go‘sht import qilgan davlatlar quyidagicha:
- Belarus – 16,2 ming tonna;
- Qozog‘iston – 3,5 ming tonna;
- Ukraina – 2,3 ming tonna;
- Rossiya – 606 tonna;
- Moldova – 600 tonna.
O‘zbekistonda 2021 yilning 9 oyida 1,9 mln tonna go‘sht yetishtirilgan.