23:35 / 02.12.2021
28848
Ukraina urush yuz bersa Rossiyaga tobutlar oqib borishi bilan tahdid qildi

Kulebaning so‘zlariga ko‘ra, hozirda Ukraina armiyasi 2014 yildagiga qaraganda beqiyos darajada kuchli.

Foto: Reuters

Ukraina tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba urush yuz beradigan bo‘lsa Rossiyaga tobutlar oqib borishi bilan tahdid qildi. U bu haqda Latviyaning Sargs.lv portaliga bergan intervyusida aytdi.

Kulebaning so‘zlariga ko‘ra, hozirda Ukraina armiyasi 2014 yildagiga qaraganda beqiyos darajada kuchli.

«Agar Rossiya baribir urushishga qaror qilsa, juda ko‘p rossiyalik askarlar o‘lishini ko‘rishiga to‘g‘ri keladi», — dedi u.

Uning aytishicha, agar Ukrainadan to‘xtovsiz tobutlar oqib keladigan bo‘lsa, Rossiya jamiyati bunga qanday munosabatda bo‘lishini Kreml hali tushunib yetmadi.

Avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi haqidagi savolga javob bergandi.

Putinning so‘zlariga ko‘ra, o‘zaro munosabatlar tiklansa, hech kim hech qanday tahdid ostida qolmaydi.

Top