14:55 / 03.12.2021
10531

“Bu kasallikning nomini aytishga yuragim chidamaydi” – ko‘zidan yosh arimagan onalar

“O‘sha kunlarimizning tushga aylanishini xohlayman. Bolam chekkan og‘riqlarga katta odam chiday olmaydi. Lekin buni tomosha qilib turish ona uchun azob ekan”, deydi farzandi bilan qo‘shilishib dard chekayotgan ayol.

O‘sha kunlar tushga aylansin...

Bemorning onasi Mohira qizining xastalanishi tufayli boshidan o‘tayotgan tashvishli kunlar haqida shunday deydi: “O‘sha kunlarimizning tushga aylanishini xohlayman. Qizimning ahvolidan o‘zim qo‘rqib ketdim: terisi suyakka yopishgan, tanasidagi barcha tomirlar ko‘rinib turardi.

Bolam chekkan og‘riqlarga katta odam chiday olmaydi. Lekin buni tomosha qilib turish ona uchun azob ekan”.

Durdona tuzalishi uchun bor-budini sotib sarflayotgan oilaga yaqinlari ham yordam berishgan. Lekin qizaloqning butunlay sog‘ayishi uchun hali ancha muddat davolanish zarur.

Durdona Qurbonovaga oid ma'lumotlar:

O‘zkard: 8600 0451 3559 2451 onasi Mohira Eshmatova nomida

O‘zkard: 8600 0604 0398 7010 onasi Mohira Eshmatova nomida

O‘zi suyib egiz farzand bergandi – biri dardga chalindi

Bu oilada egizak farzandlarning dunyoga kelishi hammaga quvonch bag‘ishlagan edi. Ammo 2,5 yoshli Husanning oqqon bilan kasallanishi cheksiz kulfat kabi keldi.

“Ikki marta og‘irlashib o‘lim holatidan qaytdi. Bolamni berib qo‘ygim kelmadi. O‘zi farzandlarimning otasi egizak - Fotima-Husan. Baxtimizga farzandlarim ham Hasan-Husanlar bo‘lishdi.O‘zi suyib egiz farzand bergandi. Ular bir-birlarisiz yashay olmaydi. Men esa ularsiz yashay olmayman”, deya o‘kinch bilan so‘zlaydi onasi Gavharoy.

Husan Karimovga oid ma'lumotlar:

O‘zkard: 8600 0451 4234 1926 otasi Husan Xidirov nomida

Sberbank: 5336 6902 4293 7953 tanishi Jasurbek Igitov nomida

Bolamning kasali boshqacha ekanligini yuragim sezdi

O‘qishni, sportni sevadigan 15 yoshli Shahzodning hayotini oqqon butunlay o‘zgartirib yubordi. Endi u boshqa tengdoshlari kabi maktabda o‘qish, futbol o‘ynash o‘rniga shifoxona devorlariga tikilib vaqt o‘tkazadi.

Dard faqatgina uning hayotini emas, butun oila taqdirini o‘zgartirib yuborgan. Hozir uni davolatish uchun otasi viloyatda ustachilik bilan shug‘ullanadi. Shifoxonaga muntazam qatnayotgan onasi esa farzandlari bilan poytaxtda ijarada yashashadi.

Shahzod Tillaboyevga oid ma'lumotlar:

O‘zkard: 8600 0451 8191 4575 onasi Zulxumor G‘oppirova nomida

O‘zkard: 8600 0424 1096 3762 onasi Zulxumor G‘oppirova nomida

Bu kasallikning nomini aytishga yuragim chidamaydi

Xushnoza olis Buxorodan kelib davolanadi. Uning beg‘ubor ko‘zlariga qaraganda adog‘siz mungni anglash mumkin.

“Bolalar ham shunday kasalga chalinishi mumkinligini bilmas ekanman. Qizimda oqqon aniqlangani otasiga ham, menga ham katta zarba bo‘ldi.

Shu dardga chalinganiga 8 oy bo‘lyapti hamki, kasallikning nomini aytishga qo‘rqaman. Aytishga yuragim chidamaydi. Onani yaratmasin ekan”, deb zorlanadi hasrati ko‘zlarida ayon bo‘layotgan ona.

Xushnoza Erkinovaga oid ma'lumotlar:

O‘zkard: 8600 0423 8961 8942 onasi Xurshida Hotamova nomida

Humo: 9860 0301 0793 9248 onasi Xurshida Xotamova nomida

Oramizda bizning ko‘magimizga, daldamizga muhtoj, sinovi og‘ir kelayotgan ota-onalarning borligi haqiqat. Ular o‘zlari uchun balki birovdan yordam so‘ramasligi mumkin, ammo farzandlari uchun bunga majbur bo‘lishmoqda.

Gulmira Toshniyozova tayyorladi.
Tasvirchi: Abduqodir To‘lqinov
Montaj ustasi: Azimjon Vohidov

Mavzu
Xayriya aksiyasi
KUN.UZ sayti yordamga muhtoj insonlarga ko‘mak berish niyati bilan qator xayriya aksiyalarini tashkil etib kelmoqda.
Barchasi
Mavzuga oid
Top