22:46 / 03.12.2021
62728
Eng tez ishlaydigan smartfonlar reytingi e'lon qilindi

Qayd etilishicha, reytingda dastlabki o‘ntalikdan o‘rin egallagan smartfonlar Qualcomm kompaniyasi protsessorlarida ishlaydi.

Foto: AP

Xiaomi kompaniyasining Black Shark 4S Pro smartfoni tezkorlik reytingida ketma-ket ikkinchi oy birinchi o‘rinni egalladi. Bu haqda AnTuTu saytida ma'lum qilindi.

Mazkur smartfon Snapdragon 888+ protsessori bilan jihozlangan.

Uning tezkor xotirasi 16, doimiy xotirasi 512 gigabaytni tashkil etadi.

Tezkorlik testida gadjet 875 mingdan ko‘proq ball to‘pladi.

Ikkinchi o‘ringa joylashgan ZTE Nubia Red Magic 6S Pro qariyb 853, undan keyingi o‘rindagi Vivo iQOO 8 Pro 847 ming ball to‘play oldi.

Tadqiqotchilarning qayd etishicha, dastlabki o‘ntalikdan o‘rin egallagan smartfonlar Qualcomm kompaniyasi protsessorlarida ishlaydi.

Mavzuga oid
Top