Joriy yilning 3 dekabr kuni ilgari faoliyati to‘xtatib qo‘yilgan Yangi Naiston-1 qudug‘ini qayta tiklash ishlari natijasida undan 120 ming kubmetr kunlik hajmdagi sanoat miqyosidagi uglevodorodlar oqimi olindi. Ayni holat yangi kon ochilganini anglatadi. Quduqdagi qazib chiqarish hajmini yanada oshirishga qaratilgan ishlar davom ettirilmoqda.
Yaqin vaqt oralig‘ida olinayotgan gazni respublika aholisiga yetkazib berish uchun 12 km masofaga Ø 168 mm lik gaz quvurlari tortiladi.
Barcha ishlar sanitariya-epidemiologiya va ekologiya talablariga muvofiq tarzda amalga oshirilmoqda.
Epsilon Matbuot xizmati Ⓣ