15:23 / 03.12.2021
1297

Jizzaxda Lacetti boshqaruvni yo‘qotib beton to‘siqqa urildi. Yo‘lovchi boshidan jarohat olib komaga tushdi

Foto: Kun.uz

Jizzax viloyati Paxtakor tumanida Lacetti boshqaruvni yo‘qotib beton to‘siqqa urilgan. Oqibatda mashina haydovchisi va yo‘lovchisi og‘ir tan jarohatlari olgan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, 4R-32 Yangiyer-Chimqo‘rg‘on avtomobil yo‘lining Paxtakor tumani Paxtakor qishlog‘i hududidan o‘tuvchi 70-kilometrida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

Paxtakor tumani Suvonobod mahallasida yashovchi X.X. boshqaruvida bo‘lgan Lacetti yo‘l chetidagi beton to‘siqqa urilgan. Oqibatda haydovchi bosh miya yopiq jarohati, bosh miya lat yeyishi, boshning ensa sohasi yirtilishi jarohatlarini olgan.

Shuningdek, mazkur Lacetti’da yo‘lovchi sifatida ketayotgan haydovchining qo‘shnisi M.K. bosh miya yopiq jarohati va koma holati tashxislari bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Qayd etilishicha, Paxtakor tumani IIB holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atgan.

Mavzuga oid
Top