21:50 / 03.12.2021
6318

JSST «omikron» shtammi 38 mamlakatda aniqlanganini ma'lum qildi

1 dekabr kuni JSST direktori Tedros Adanom Gebreyyesus 23 davlatda «omikron» shtammi aniqlanganini aytgandi.

Foto: Global Look Press/Max Kovalenko

«Omikron» shtammi dunyoning 38 mamlakatida aniqlandi, ammo «delta» koronavirusning ustun varianti bo‘lib qolmoqda. Bu haqda JSSTning favqulodda kasalliklar bo‘linmasi texnik guruhi rahbari Mariya Van Kerkxove ma'lum qildi.

«Hozirda «omikron» JSSTning barcha mintaqalaridagi 38 mamlakatda aniqlandi. Ammo dunyoda «delta» varianti ustun bo‘lib turibdi», — dedi Van Kerkxove.

Avvalroq JSST «omikron» shtammi bilan bog‘liq o‘lim holatlari to‘g‘risida ma'lumot yo‘qligini bildirgandi.

Tashkilot vakilining so‘zlariga ko‘ra, yangi shtammga oid aniq ma'lumotlar bir necha haftadan keyin paydo bo‘ladi.

1 dekabr kuni JSST direktori Tedros Adanom Gebreyyesus 23 davlatda «omikron» shtammi aniqlanganini aytgandi.

 

Mavzuga oid
Top