20:47 / 03.12.2021
6549

Putin va Baydenning bo‘lajak muloqotida qaysi mavzular muhokama qilinishi ma'lum bo‘ldi

Ma'lum qilinishicha, NATO muzokaralarning alohida mavzusi bo‘ladi. Ushakovning so‘zlariga ko‘ra, Rossiyaga NATO kengaymasligi borasidagi kafolat zudlik bilan zarur.

Foto: Brendan Smialowski/AFP via Getty Images

Rossiya prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakov RF prezidenti Vladimir Putin va AQSh prezidenti Jo Bayden onlayn-muzokaralar davomida qaysi mavzularda suhbatlashishini ma'lum qildi

Uning so‘zlariga ko‘ra, prezidentlar yozda Jyenevada tilga olingan mavzularni davom ettiradi.

“Ikki tomonlama ishlar, xalqaro kun tartibi, xususan, Afg‘oniston, Iroq, Ukraina, Liviya, suhbat borishiga qarab Suriyaga oid masalalar muhokama qilinadi”, — dedi Ushakov.

Ma'lum qilinishicha, NATO muzokaralarning alohida mavzusi bo‘ladi. Ushakovning so‘zlariga ko‘ra, Rossiyaga NATO kengaymasligi borasidagi kafolat zudlik bilan zarur.

“Bu eski masala. Sovet ittifoqiga ham, Rossiyaga ham NATO sharqqa siljimasligi to‘g‘risida og‘zaki va'dalar berilgan, ammo og‘zaki va'daning qiymati yo‘qligi ma'lum bo‘ldi. Bu hujjat qanday shaklda bo‘lishini aytish qiyin, ammo asosiysi, bu kelishuvlarning qog‘ozda qayd etilishi”, — dedi Ushakov.

Bundan tashqari, Putin va Bayden neft bozoridagi vaziyatni ham muhokama qilishi mumkin.

Mavzuga oid
Top