20:52 / 03.12.2021
3722

Qozog‘iston “omikron” shtammi sababli Misrga parvozlarni to‘xtatdi

Foto: RIA Novosti

Qozog‘iston 3 dekabrdan Misr bilan aviaaloqani to‘xtatdi. Zakon.kz nashrining xabar berishicha, ushbu qaror koronavirusning yangi “omikron” shtammining Qozog‘iston hududiga kirishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida qabul qilingan.

Qozog‘iston va Misr o‘rtasidagi parvozlar Air Astana va SCAT aviakompaniyalari tomonidan Nur-Sulton, Olmaota, Chimkent, Qo‘stanay va Oqto‘be shaharlaridan Sharm ash-Shayx kurort shahriga bajarilgan.

Aviakompaniyalar ma'lumotlariga ko‘ra, hozirda Misrda 2800 ga yaqin qozog‘istonlik yo‘lovchi qolmoqda. Ular Misrdan 3-10 dekabr kunlari olib chiqiladi.

Qozog‘iston bosh sanitar vrachi qaroriga ko‘ra, Misrdan keladigan yo‘lovchilar Qozog‘istonga kelgach emlanganlaridan qat'i nazar, 72 soat ichida PZR usulida topshirilgan manfiy test natijasi haqidagi ma'lumotni taqdim qilishlari hamda 7 kunga o‘zlarini ihotalashlari kerak bo‘ladi. 

Mavzuga oid
Top