10:31 / 03.12.2021
2474
Toshkent IESda elektr energiyasida uzilish bo‘lgani sababli qator hududlar issiqlik ta'minotisiz qoldi

Toshkent Issiqlik elektr stansiyasida elektr energiyasida uzilish sodir bo‘ldi. Bu haqda Mirzo Ulug‘bek tumani hokimligi xabar bermoqda.

Foto: Kun.uz

Ma'lumotda aytilishicha, Qorasuv-6 mavzesidagi 2-sonli issiqlik markazi va TTZ mavzesidagi lokal qozonxonalar faoliyati to‘xtab qolgan. 

Qayd etilishicha, shu munosabat bilan quyida keltirilgan manzillarda issiqlik va issiq suv ta'minoti to‘xtagan:

  • Qorasuv-1, 2, 3, 4, 6 mavzelar;
  • Avayxon mavzesi;
  • Feruza mavzesi;
  • Bo‘z-2 mavzesi;
  • TTZ-1, 2, 3, 4 mavzelar.
Top