09:41 / 03.12.2021
6443
Yakshanba kuni yomg‘ir yog‘ishi va havo harorati pasayishi kutilmoqda

Issiq kunlardan so‘ng bugun shimoli-g‘arbiy hududlarga Kavkaz hududlaridan antitsiklon kirib keladi, qolgan hududlar hali ham issiq sektorda bo‘ladi. Bu haqda “O‘zgidromet” xabar qilmoqda.

Foto: Kun.uz

Qayd etilishicha, respublika hududining katta qismida yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Qoraqalpog‘istonda, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida ba'zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Havo harorati 15-20 daraja iliqqacha ko‘tariladi.

Ertaga Buxoro, Navoiy viloyatlarida kuchsiz yomg‘ir yog‘ishi saqlanib turadi, qolgan hududlarda yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Harorat foni pasayadi va kechasi 5-10 daraja iliqni, kunduz kuni 9-14 daraja iliqni tashkil etadi.

Yakshanba kuni salqin havo massalari O‘zbekistonning barcha hududlariga tarqaladi. Respublika bo‘yicha ba'zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Qoraqalpog‘istonda, Xorazm, Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati shu kunning me'yoriy qiymatlariga nisbatan yanada pasayadi va kechasi 2-7 daraja iliqni, kunduz kuni 5-10 daraja iliqni tashkil etadi, shimolda kechasi 3-8 daraja sovuqqacha, kunduz kuni 0-5 daraja sovuqqacha bo‘ladi.

Shanba va yakshanba kunlari kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin.

Mavzuga oid
Top