14:44 / 04.12.2021
16357

AQSh razvedkasi Rossiya Ukrainaga 2022 yil boshida bostirib kirishini taxmin qildi

Razvedka ma’lumotlariga ko‘ra, qo‘shni davlatga bostirib kirishga 175 ming nafarga yaqin harbiy jalb etiladi, ularning yarmi hozirda Ukraina bilan chegarada turibdi.

Foto: Picture Alliance

Rossiya 2022 yilning dastlabki haftasida Ukrainaga hujum qilishga tayyorlanmoqda. Bu haqda The Associated Press (AP) va The Washington Post AQSh razvedkasidagi manbalariga tayanib xabar berdi.

Razvedka ma’lumotlariga ko‘ra, qo‘shni davlatga bostirib kirishga 175 ming nafarga yaqin harbiy jalb etiladi, ularning yarmi hozirda Ukraina bilan chegarada turibdi.

Qayd etilishicha, yaqin vaqt ichida Rossiya Ukraina chegarasiga zirhli texnika, artilleriya va boshqa texnikalar bilan birga 100 ta taktik batalon guruhini joylashtirishga tayyorlanmoqda.

Avvalroq Ukraina mudofaa vazirligi bosh razvedka boshqarmasi boshlig‘i Kirill Budanov Rossiya yanvar oxiri yoki fevral boshlarida hujum boshlashini aytgandi.

Noyabr oxirida Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi haqidagi savolga javob bergandi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, xalqaro munosabatlarda barcha ishtirokchilarning manfaatlari hisobga olinsa, «hammasi yaxshi bo‘ladi».

Mavzu
Rossiya-Ukraina urushi
2022 yil 22 fevral kuni Rossiya Ukraina chegarasidan o‘tib, qo‘shni mamlakatga bostirib kirdi. Ukraina armiyasi jang taklif qildi.
Barchasi
Top