14:44 / 04.12.2021
15264

Prezident Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston nashriga intervyu berdi

O‘zbekiston prezident Shavkat Mirziyoyev “Kazaxstanskaya pravda” va “Egemen Qazaqstan” gazetalariga intervyu berdi. Bu haqida Kun.uz muxbiri xabar berdi.

Foto: KUN.UZ

Qozog‘istonning “Kazaxstanskaya pravda” va “Egemen Qazaqstan” gazetalarida prezident Shavkat Mirziyoyev bilan suhbat chop etildi.

Gazeta bosh muharriri Darxan Qidirali tomonidan olingan intervyuda Mirziyoyev ikki davlat kelajagini birga qurish haqida gapirgan.

Shuningdek, davlat rahbari O‘zbekiston va Qozog‘iston davlatlari o‘rtasidagi xalqaro munosabatlarni yuqori baholagan. Qo‘shni davlatlarning o‘zaro hamkorligida olib boriladigan kelgusi rejalar haqida batafsil to‘xtalib o‘tgan.

Qozog‘istondagi yetakchi nashrlardan biri hisoblangan gazeta 80 ming tirajdan nashrdan chiqadi.

Top