20:45 / 05.12.2021
3374

AQShda bolalar uchun koronavirusga qarshi ilk dori vositasini qo‘llashga ruxsat berildi

Foto: AFP

AQShning dori-darmon va oziq-ovqat mahsulotlari bozorini nazorat qilish boshqarmasi (FDA) Eli Lilly kompaniyasining koronavirusga qarshi antitanachalardan tashkil topgan “kokteyli” 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar, jumladan chaqaloqlarni COVID-19dan davolash uchun ma'qullanganini ma'lum qildi. Shu tariqa ushbu vosita bolalar uchun koronavirusga qarshi ilk dori bo‘ldi.

FDA fevralda bamlanivimab va etesevimab vositalaridan tashkil topgan ushbu “kokteyl”ni 12 yoshdan katta va vazni 40 kgdan oshmaydiganlar uchun favqulodda qo‘llashga ruxsat bergan.

“Endilikda koronavirusning og‘ir shaklini boshdan o‘tkazishi mumkin bo‘lgan barcha, jumladan bolalar va chaqaloqlar ushbu vosita bilan davolanish imkoniga ega bo‘ldi. Koronavirusga chalingan bir yoshgacha bolalarda COVID-19 og‘ir shaklda kechishi mumkin, shu sababli biz qo‘llashga ruxsat bergan vosita ushbu toifadagi aholiga yordam berishi mumkin. Shu bilan birga, koronavirus infeksiyasini davolash uchun mo‘ljallangan vositalar emlashning o‘rnini bosa olmaydi. Emlash virusga qarshi eng yaxshi kurash usuli bo‘lib qoladi”, deb aytilgan boshqarmada.

Oktyabrda FDA Pfizer-BioNTech kompaniyalari vaksinasining bolalar uchun mo‘ljallangan variantini 5-11 yosh bolalar uchun qo‘llashga ruxsat bergandi.

Top