10:07 / 05.12.2021
5467

Ozarboyjon mina maydonlari xaritasi evaziga Armanistonga 10 harbiy asirni topshirdi 

Boku Ozarboyjon nazoratiga o‘tgan hududlardagi mina maydonlari xaritasi evaziga Yerevanga 10 harbiy asirni topshirdi. Bu haqda Ozarboyjon davlat xavfsizlik xizmatida ma'lum qilindi.

Foto: AFP/Getty Images

“Insonparvarlik tamoyili nuqtayi nazaridan, Ozarboyjon 4 dekabrda Armanistonga 10 harbiyni topshirdi”, deyilgan bayonotda.

Xavfsizlik xizmatida ta'kidlanishicha, arman harbiylari 16 noyabrda ikki davlat chegarasidagi to‘qnashuvlar vaqtida asirga olingan.

Ikkala tomon ham ushbu almashish Rossiya ishtirokida amalga oshirilganini ta'kidlab o‘tgan.

Avvalroq Ozarboyjon va Armaniston yetakchilari Ilhom Aliyev va Nikol Pashinyan Bryusselda o‘tadigan “Sharqiy sheriklik” sammiti doirasida 15 dekabrda uchrashishga rozi bo‘lgani ma'lum qilingan. Ularga uchrashish taklifini Yevrokengash rahbari Sharl Mishel bildirgan.

Mavzuga oid
Top