11:12 / 06.12.2021
23175

«O‘zgidromet» haftalik ob-havo to‘g‘risida ma'lumot berdi

Bugun respublika hududi bo‘yicha quruq va o‘rtacha iliq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, havo harorati 9-14 daraja iliqni tashkil etadi.

Foto: KUN.UZ

“O‘zgidromet” xabariga ko‘ra, seshanba va chorshanba kunlari Qozog‘iston hududidan nisbatan sovuq havo kirib keladi, bu faqat O‘zbekiston harorat foniga ta'sir qiladi. Ushbu kunlarda harorat kechalari 0-5 daraja iliq, kunduz kunlari 9-14 daraja iliq atrofida saqlanib turadi.

Payshanba va juma kunlari Erondan iliq havo kirib kelishi kutilmoqda. Havo harorati kechalari 0-5 daraja iliq, ba'zi joylarda 2 daraja sovuqqacha atrofida bo‘ladi, kunduz kunlari 15-17 daraja iliqqacha ko‘tariladi.

8 dekabrda shimoliy tumanlarda, 9-10 dekabrda O‘zbekistonning qolgan hududlarida shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Tuman tushishi mumkin.

Mavzuga oid
Top