22:29 / 08.12.2021
17827

Ilon Mask kompaniyasi 2022 yildan odamlarga chip o‘rnata boshlaydi

Amerikalik tadbirkor Ilon Mask o‘zining Neuralink texnologik kompaniyasi 2022 yildan odamlar miyasiga mikrochiplarni o‘rnata boshlashni rejalashtirayotganini ma'lum qildi. Bu haqda Insider nashri xabar berdi.

Foto: Getty Images

Maskning ta'kidlashicha, bunday chiplar birinchi bo‘lib orqa miyasida og‘ir jarohatlari bor odamlarga o‘rnatiladi. 

Neuralink chiplari tibbiyotda qo‘llash uchun mo‘ljallangan bo‘lib, ularni jiddiy jarohatlar va nevrologik buzilishlarni davolashda qo‘llash mumkin. Shu bilan birga, ular miya faoliyatidagi jarayonlarni yozadi va jonlantiradi. 

Tadbirkorning aytishicha, kompaniyaning chiplarni odamlarga o‘rnatish standartlari AQShning oziq-ovqat va dori-darmon nazorati boshqarmasi talab qiladigan standartlardan yuqori.

“Neuralink chiplari maymunlarda yaxshi ishlaydi, ko‘plab sinovlar esa uning ishonchli ekani va xavfsiz olib tashlash mumkinligini ko‘rsatgan”, deb qo‘shimcha qilgan Mask.

Avvalroq Neuralink tadqiqotlari doirasida miyasida simsiz implant o‘rnatilgan maymun “fikr kuchi” bilan videoo‘yinlar o‘ynashni o‘rgangani ma'lum qilingandi.

Maskning ushbu loyihasi 2016 yilda start olgan. Kompaniya miyaga Bluetooth orqali signallar yubora oluvchi maxsus asbobni ishlab chiqish bilan shug‘ullanadi. Stratapning asosiy vazifasi inson, birinchi navbatda nevrologik kasalliklaridan aziyat chekuvchi odamlar imkoniyatlarini kengaytirishdan iborat.

Mavzuga oid
Top