17:25 / 08.12.2021
10940

Mask eng oxirgi uyini ham sotdi

Maydoni 19 gektarga teng hovli 30 million dollarga sotildi. Mask uni 2017 yilda 23,4 million dollarga sotib olgandi.

Foto: Getty Images

SpaceX asoschisi va bosh direktori Ilon Mask eng so‘nggi uyini sotdi va rasman uysizga aylandi, deb xabar berdi Fox News.

Maydoni 19 gektarga teng hovli Kaliforniyada, San-Fransisko ko‘rfazi hududida joylashgan. Mask uni 30 million dollarga sotdi. Xaridorning ismi sir saqlanmoqda.

Bu milliarderga tegishli so‘nggi uy bo‘lib, avvalroq u barcha ko‘chmas mulklarini sotishga va'da bergandi. 

Guignécourt deb ataluvchi koshona 1912 yilda fransiyalik graf Kristian de Gine tomonidan barpo etilgan. U kaliforniyalik ayolga uylanganidan so‘ng AQShga ko‘chib kelgan. 

Ko‘chmas mulk 2013 yilda 100 million dollar narx bilan sotuvga qo‘yilgan, 2016 yilda uning narxi 29,85 million dollarga tushirilgan. Mask uyni 2017 yilda 23,4 million dollarga sotib olgan.

Mavzuga oid
Top