10:35 / 08.12.2021
5196

O‘zbekistondagi bir qancha aeroportlar faoliyati yana tuman tufayli cheklandi

Joriy yilning 8 dekabr kuni ertalab ob-havo sharoiti tufayli ko‘rish masofasi yomonlashishi Urganch, Nukus va Navoiy aeroportlari faoliyatiga tuzatishlar kiritdi. Bu haqda Uzbekistan Airports xabar bermoqda. 

Toshkentdan parvoz rejalashtirilgan HY051 reysi Urganch aeroportiga soat 08:20 da qo‘nishi kerak edi. Biroq, qabul qiluvchi aeroportdagi qalin tuman tufayli kechiktirildi - 200 metrlik ko‘rish masofasi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, samolyot poytaxtdan soat 11:00 da havoga ko‘tarilib, Urganchga soat 12:10 da yetib kelishi kutilmoqda.

Toshkent – Nukus yo‘nalishi bo‘yicha HY011 reysi kechiktirilishiga ham tuman sabab bo‘ldi. Samolyot Toshkentdan soat 07:30 da parvoz qilishi kerak edi, biroq noqulay ob-havo sharoiti tufayli (200 metrlik ko‘rish masofasi) parvoz, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, soat 10:30 ga qoldirildi. 

Navoiy aeroportini ham quyuq tuman qoplagan – ko‘rish masofasi 300-350 metr. Biroq ertalabki soatlarda reyslar parvozi jadvalda bo‘lmagan. 

Kecha, 7 dekabr kuni ham O‘zbekiston aeroportlarida tuman tufayli bir qator xalqaro va ichki reyslar parvozi kechiktirilgandi.

Mavzuga oid
Top