18:18 / 09.12.2021
11748

AQSh Donbass borasida Ukrainaga bosim o‘tkazishi mumkin - OAV

Qayd etilishicha, “AQSh prezidenti Jo Baydenning vazifasi Putinga yon bosayotgandek tasavvur uyg‘otmagan holda Kiyevni Ukraina sharqida ayrim qarorlar qabul qilishga undash hisoblanadi”.

Foto: REUTERS/Oleksandr Klymenko

Vashington Donbass avtonomiyasi masalasida Kiyevga bosim o‘tkazishi mumkin, deb yozmoqda Associated Press o‘z manbalariga tayanib.

Agentlikning qayd etishicha, “AQSh prezidenti Jo Baydenning vazifasi Putinga yon bosayotgandek tasavvur uyg‘otmagan holda Kiyevni Ukraina sharqida ayrim qarorlar qabul qilishga undash hisoblanadi”.

“Ma'muriyat vakillari AQSh Ukraina mamlakat sharqidagi yerlarga avtonomiyaning bir qismini rasman berishi uchun Kiyevga bosim o‘tkazishi mumkinligini taxmin qilmoqda”, — deyiladi agentlik xabarida.

Xabarga ko‘ra, gap Donbassga sog‘liqni saqlash, politsiya va ta'lim sohalarini o‘zi nazorat qilishiga ruxsat berish haqida ketmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 7 dekabr kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin va AQSh prezidenti Jo Bayden o‘rtasida videomuloqot o‘tkazildi.

Kremlning bildirishicha, ikki davlat rahbarlari Ukrainadagi inqiroz va 2015 yildagi Minsk kelishuvlarining bajarilishida siljish yo‘qligi bilan bog‘liq masalalarni muhokama qilgan.

Top