22:21 / 09.12.2021
23884

Cho‘kayotgan migrantlar, kul ostidagi qishloqlar va qulayotgan o‘rmonlar. Kun suratlari

Kun.uz dunyoning turli chekkalaridagi so‘nggi voqealarga oid suratlarni jamladi.

Foto: EPA/Vostock-photo

Dengiz orqali Yevropa sohillariga oddiy qayiqlarda yetib olishga urinishlar davom etmoqda. Ispaniyaning Gran-Kanariya porti yaqinida oltmish chog‘li migrant, jumladan, ikki chaqaloq va o‘n ayol qutqarib qolindi.

Indoneziyaning Lumadjang viloyatida Semeru vulqoni ortidan suv ostida qolgan qishloqning ko‘rinishi
REUTERS/Willy Kurniawan

Indoneziyada vulqon otilishi oqibatida halok bo‘lganlar soni 39 nafarga yetdi.

 Kolumbiya Amazonasi. AFP fotosuratchisi Raul Arboleda daraxtlarga tinchlik davri qurbonlari deya ta'rif berdi.

Ranglar va uning turli sohalarga (moda, poligrafiya, dizayn, reklama) ta'sirini o‘rganuvchi Pantone tadqiqot instituti 2022 yilning asosiy rangini tanladi. Bu binafsharang va qizil qorishmasining ko‘kka aylanishiga moyil bo‘lgan, Very Peri nomini olgan rangdir. «Bu rang ijodkorlik va obrazlilikni rag‘batlantiradigan energiya, quvnoq kayfiyat va dinamikani ifodalaydi», deydi Pantone ijrochi direktori Leatris Eysman. 2021 yilda yil rangi Pantone talqiniga ko‘ra «to‘yingan kulrang» va «yorqin sariq» bo‘lgandi.

Pantone

Urushdan keyingi Iroq. Sapyorlar hududni minalardan tozalamoqda.

AQSh prezidenti Jo Bayden Oq uy o‘tloqzoridagi sayr chog‘ida qordan xushnud bo‘lmoqda. REUTERS/Tom Brenner
Germaniyaning sobiq kansleri Angela Merkel guldasta tutgan holda o‘z kanselyariyasini o‘zidan keyingi hukumat rahbari Olaf Sholsga topshirmoqda. REUTERS/Fabrizio Bensch
Vladimir oblastidagi Petushin rayon sudida 9 dekabr kuni Aleksey Navalniy shikoyati asosida dastlabki sud eshituvi bo‘lib o‘tdi va unda Navalniy videoaloqa orqali ishtirok etdi. Keyingi sud majlisi 28 dekabrga belgilangan.
Yevgeniy Feldman / «Meduza»
Hindistonliklar vertolyot halokati oqibatida vafot etgan armiya boshliqlaridan biri, mudofaa shtabi boshlig‘i, general Bipin Ravat bilan xayrlashmoqda, Ahmadoboddagi dafn marosimi. REUTERS/Amit Dave
Ichida «Roskosmos» kosmonavti Aleksandr Misurkin, yaponiyalik tadbirkor Yusaku Mayezava hamda uning yordamchisi Yozo Xirano bo‘lgan «Soyuz MS-20» kosmik kemasi Qozog‘istondagi Baykonur kosmodromidan parvoz qildi. REUTERS/Shamil Zhumatov
REUTERS/Shamil Zhumatov
Saudiyaliklarning aviazarbasidan keyin qo‘riqchi Sano shahridagi Qishloq suv ta'minoti boshqarmasi binosi atrofini tozalamoqda. REUTERS/Khaled Abdullah
Falastinlik yoshlar O‘rta Yer dengizi sohilida ot o‘ynatmoqda.
AQSh qutqaruvchilar Niagara sharsharasi yaqinida avtomobili bilan suvga cho‘kib ketgan 60 yoshli ayol tanasini chiqarib olmoqda.
Foto: AP/TASS
Berlinda qor. Foto: Annette Riedl/picture alliance via Getty Images
Top