20:36 / 09.12.2021
5406

Hongkongda koronavirusni o‘ldiruvchi po‘lat ixtiro qilindi

Foto: Getty Images

Hongkong universiteti olimlari o‘z sirtidagi koronavirusni qisqa vaqt ichida o‘ldira oluvchi ilk zanglamas po‘lat ixtiro qilishdi. Bu haqda HKET nashri xabar berdi.

Yangi material o‘z sirtidagi koronavirusni 3 soat ichida 99,7 foizga yo‘q qila oladi. Olimlar buning uchun zanglamas po‘latning kimyoviy tarkibi va mikrostrukturasini o‘zgartirishgan. Hosil qilingan po‘latda bakteriyalarga qarshi xususiyatlarga egaligi bilan ma'lum bo‘lgan mis miqdori ko‘p foizni tashkil qiladi.  

Po‘lat virus tarqalishini kamaytirish maqsadida lift tugmalari, eshik dastaklari, zina to‘siqlari va qo‘l bilan ushlanuvchi shunga o‘xshash buyumlarda qo‘llash uchun ishlab chiqilgan. Material nafaqat koronavirusni, balki parranda grippi, ichak tayoqchasi viruslarini ham yo‘q qila oladi.

Tadqiqotga rahbarlik qilgan professor Xuan Minsinning ta'kidlashicha, ayni vaqtda yangi po‘latning koronavirusning “omikron” shtammiga qarshi samaradorligi o‘rganilmoqda.

Mavzuga oid
Top