09:52 / 10.12.2021
5510
Banklarda dollar kursi ilk bor 10 850 so‘mgacha ko‘tarildi

 O‘zbekistondagi bir nechta tijorat banklarida 10 dekabr, juma kuni ertalab dollar kursi ko‘tarildi.

Foto: Kun.uz

Bir qator banklarda dollar olish 10 780 so‘mdan, sotish 10 840 - 10 850 so‘mdan taklif etilmoqda. Bu yangi maksimal ko‘rsatkich.

So‘nggi marta banklarda dollar kursi 18 noyabr kuni jiddiy ko‘tarilgandi (1 AQSh dollarining sotish kursi - 10 810 so‘m).

Kecha, 9 dekabr kuni Markaziy bank xorijiy valutalarning so‘mga nisbatan yangi kurslarini e'lon qildi. Ushbu almashuv kurslari 10 dekabr kunidan kuchga kirdi.

Unga ko‘ra, bir dollar 10 795 so‘m 73 tiyinni tashkil qildi.

Mavzuga oid
Top