23:40 / 10.12.2021
21642
Xitoy kompartiya bayramini nishonlash uchun ob-havoni sun'iy ravishda o‘zgartirgan – OAV

Xitoyda bulutlarni tarqatish osmonni tozalashdagi odatiy jarayon hisoblanadi, hukumat 2008 yilgi Olimpiada o‘yinlaridan boshlab o‘tgan 13 yil davomida bu ish uchun milliardlab yevro sarflagan.

Foto: AFP

Xitoy 2020 yil iyulda kommunistik partiyaning 100 yilligini nishonlash uchun ob-havoni sun'iy ravishda o‘zgartirgan. Bu haqda Tsinhua universiteti tadqiqotida ma'lum qilindi, deb yozadi Euronews.

Qayd etilishicha, Xitoy hukumati maxsus reagentlar sepish orqali bulutlarni tarqatish texnologiyasidan foydalangan. Ushbu uslub yog‘in miqdorini boshqarish, do‘l yoki tumanni tarqatish imkonini beradi. Xitoy hukumati mazkur texnologiya yordamida Tyananmen maydonidagi marosim vaqtida osmonda birorta ham bulut bo‘lmasligiga erishgan.

Xitoyda bulutlarni tarqatish osmonni tozalashdagi odatiy jarayon hisoblanadi, hukumat 2008 yilgi Olimpiada o‘yinlaridan boshlab o‘tgan 13 yil davomida bu ish uchun milliardlab yevro sarflagan. Ammo 2020 yil iyulda jarayon keng ko‘lamda olib borilgan va ikki soat davom etgan.

Bulutlarni tarqatish global isish oqibatlarini yumshatishi mumkin. Bu jarayon atmosferadagi karbonat angidrid miqdoriga ta'sir ko‘rsatmaydi. Geoximik va Forbes muxbiri Jyeyms Konka ushbu jarayonni yuzlab yillar davomida, iqlim muvozanatga kelguniga qadar o‘tkazish kerak deb hisoblaydi.

Ta'kidlanishicha, yomg‘irni boshqarish bo‘yicha Xitoydagi yirik miqyosdagi loyihalar mamlakatning boshqa qismlaridagi ob-havo sharoitini keskin o‘zgartirib yuborishi mumkin. Jarayon keraklicha nazorat qilinmasa, qurg‘oqchilik hududlari suv toshqinlari ostida qolishi hech gap emas.

Mavzuga oid
Top