18:19 / 11.12.2021
4893

“Joriy yilda qidiruvdagi 822 nafar jinoyatchi ushlandi” – Toshkent shahar IIBB

O‘tgan 11 oy ichida Toshkent shahrida qidiruvdagi 822 nafar jinoyatchi ushlanib, jazoga tortilgani ma'lum qilindi.

Foto: Kun.uz

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi 2021 yilning o‘tgan 11 oyida poytaxtda sodir etilgan jinoyatlar va ularga qarshi kurash bo‘yicha bajarilgan ishlar haqida ma'lumot berdi.

Qayd etilishicha, yanvar-noyabr oylarida shaharda 5 ming 644 ta jinoyat aniqlangan. Shundan 1 ming 375 tasi giyohvandlik va psixotrop vositalarining noqonuniy savdosi bilan bog‘liq.

Shuningdek, yil davomida 12 ming 544 ta jinoyat fosh etilgan. Bundan 171 tasi o‘tgan yillarda sodir etilgan jinoyatlar bo‘lgan. 822 nafar qidiruvdagi jinoyatchilar ushlanib, ularga nisbatan qonuniy jazo choralari ko‘rilgan.

“O‘tgan 11 oyda ichki ishlar organlari tomonidan 122 kg 756 gramm giyohvandlik va 108 ming 550 dona kuchli ta'sir qiluvchi dori vositalari tarqalib ketishining oldi olingan”, deyiladi manba xabarida.

Top