10:50 / 12.12.2021
3938

Bezosning raketasi fazoviy sayyohlar bilan uchinchi parvozni amalga oshirdi

Amerikalik milliarder Jyeff Bezosning Blue Origin kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan New Shepard fazoviy raketasi navbatdagi - uchinchi parvozini amalga oshirdi. Raketa o‘z bortida 6 nafar fazoviy sayyoh bilan orbitaga yo‘l oldi.

Foto: Youtube / Blue Origin

Raketa Texasdagi Corn Ranch strat maydonchasidan 11 dekabrda mahalliy vaqt bilan soat 9:45da (Toshkent vaqti bilan 19:45) uchirilgan. Parvoz 10 daqiqa davom etgan, shundan keyin sayyohlar maxsus kapsulada Yerga qaytgan.

Raketa bortida AQShning birinchi fazogiri Alan Shepardning qizi Lora Shepard, ABC telekanalida efirga uzatiluvchi Good Morning America ko‘rsatuvi boshlovchisi Maykl Straxan hamda yana 4 nafar sayyoh — Dilan Teylor, Evan Dik, Leyn Bess va Kemeron Bess bo‘lgan.

Bezosning Blue Origin kompaniyasi suborbital sayyohlik parvozlarini amalga oshirib, bunday parvozlardan birinchisi joriy yilning 20 iyulida amalga oshirilgandi. O‘sha parvoz davomida Bezosning o‘zi, uning akasi Mark Bezos, 82 yoshli sobiq ayol uchuvchi Uolli Fank va 18 yoshli niderlandiyalik Oliver Deymen orbitaga yo‘l olgandi.

New Shephard’ning ikkinchi parvozi oktyabrda amalga oshirilgandi va uning davomida tadbirkor Glen de Friz, 90 yoshli aktyor Uilyam Shetner, Blue Origin vitse-prezidenti Odri Pauers va NASA’ning sobiq muhandisi Kris Boshuizen fazoga sayohat qilib qaytgandi.

Mavzuga oid
Top