16:59 / 13.12.2021
5343
AQShda to‘rt kunlik ish haftasini joriy etish taklif qilinmoqda

Qonun loyihasida aytilishicha, ish beruvchi haftasiga 32 soatdan ortiq har qanday mehnat uchun ish vaqtidan tashqari mehnat sifatida haq to‘laydi. 

Foto: emetrius Freeman / Bloomberg via Getty Images

AQSh vakillar palatasi a'zosi Mark Takano kongressdagi 100dan ortiq kishidan iborat «Progressiv  guruh» uning haftalik ish vaqtini 40 soatdan 32 soatga qisqartirish to‘g‘risidagi tashabbusini rasman qo‘llab-quvvatlaganini  ma'lum qildi. Bu haqda The Hill xabar bermoqda.

Qonun loyihasi doirasida 40 soatlik ish haftasi butunlay bekor qilinmaydi, ammo ish beruvchi haftasiga 32 soatdan ortiq har qanday mehnat uchun ish vaqtidan tashqari mehnat sifatida haq to‘laydi. 

«Millionlab odamlarni masofadan ishlashga majbur qilgan ikki yillik pandemiyadan so‘ng odatdagi hayotga qayta olmaymiz, chunki «odatiy ish» deyilgan narsa aslida ish bermayapti», — dedi Takano.

Avvalroq Birlashgan Arab Amirliklarida haftalik ish vaqti qisqartirilgandi.

Ma'lumot berilishicha, endilikda BAAda shanba va yakshanba hamda juma ish kunining yarmi dam olish kunlari bo‘ladi.

Mavzuga oid
Top