11:28 / 13.12.2021
6381

Banklarda dollar kursi 10 860 so‘mgacha ko‘tarildi

O‘zbekistondagi bir nechta tijorat banklarida 13 dekabr, dushanba kuni ertalab dollar kursi ko‘tarildi.

Foto: KUN.UZ

Bir qator banklarda dollar olish 10 760 - 10 800 so‘mdan, sotish 10 860 so‘mdan taklif etilmoqda. Bu yangi maksimal ko‘rsatkich.

So‘nggi marta banklarda dollar kursi 10 dekabr kuni ko‘tarilgandi. O‘shanda 1 AQSh dollarining sotish kursi 10 850 so‘mni tashkil qilgan.

O‘tgan hafta, 10 dekabr kuni Markaziy bank xorijiy valutalarning so‘mga nisbatan yangi kurslarini e’lon qildi. Ushbu almashuv kurslari bugun, 13 dekabr kunidan kuchga kirdi.

Unga ko‘ra, bir dollar 10 807 so‘m 48 tiyinni tashkil qildi.

Top