13:05 / 13.12.2021
3404

JAR prezidenti koronavirus yuqtirib oldi

Foto: Globallookpress

Janubiy Afrika Respublikasi prezidenti, 69 yoshli Siril Ramafosa koronavirus yuqtirib oldi va o‘zini ihotaladi. Prezident vakolatlari vaqtincha vitse-prezident Devid Mabuzaga o‘tdi.

“Prezident Siril Ramafosa 12 dekabrda koronavirusga topshirgan testi musbat chiqqandan keyin davolanmoqda”, deb aytilgan xabarda.

Ma'lumotlarga ko‘ra, Ramafosa Keyptaundagi tadbirdan keyin o‘zini yomon his qila boshlagan.

Ayni vaqtda JAR yetakchisi mudofaa kuchlari harbiy-tibbiy xizmati shifokorlari kuzatuvi ostida qolmoqda. Ta'kidlanishicha, Ramafosa avvalroq koronavirusga qarshi to‘liq emlangan.

JAR prezidenti barchani ogoh bo‘lishga va emlanishga chaqirgan.

Avvalroq Ramafosa G‘arbiy Afrikaning 4ta davlatiga safardan qaytgandi.

Mavzuga oid
Top