14:06 / 13.12.2021
4360

JSST “delta” va “omikron” shtammlari orasidagi tafovutni ma'lum qildi

“Omikron” shtammini yuqtirganlarda kasallik “delta” shtammini yuqtirganlarga nisbatan yengilroq, ba'zida simptomlarsiz kechishi aytilmoqda. 

Foto: AP

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti koronavirusning “delta” va “omikron” shtammlarini o‘zaro taqqosladi.

Qayd etilishicha, “omikron” shtammi “delta” variantiga nisbatan ancha yuqumli.

Shuningdek, JSST “omikron” shtammini yuqtirganlarda kasallik “delta” shtammini yuqtirganlarga nisbatan yengilroq, ba'zida simptomlarsiz kechishini ma'lum qildi. 

Janubiy Afrikada koronavirusning yangi shtammi aniqlangani haqida noyabr oxirlarida ma'lum qilingandi. 10 dekabrga kelib “omikron” shtammini yuqtirish holatlari 63 mamlakatda kuzatildi.

Top