08:35 / 13.12.2021
1019

Sirdaryoda elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish oqibatida 2,5 mlrd so‘mdan ortiq zarar yetkazilgani aniqlandi

Sirdaryo viloyatida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlarini aniqlash bo‘yicha o‘tkazilayotgan reyd tadbirlari davomida 2,5 mlrd so‘mdan ortiq zarar yetkazilgani aniqlandi. Bu haqda Sirdaryo HETK Kun.uz'ga ma'lum qildi.

Foto: Sirdaryo HETK

Sirdaryoda 2021 yilning 11 oyi davomida elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan 1 ming 899 nafar iste'molchi aniqlangan va ularga nisbatan dalolatnoma tuzilgan.

Elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlarini aniqlash bo‘yicha o‘tkazilgan reyd tadbirlari davomida 2 mlrd 513 million 981 ming so‘m miqdorida zarar yetkazilgani aniqlanib, qayta hisob-kitob qilingan.

Noqonuniy ravishda elektr energiyasidan foydalanish aniqlangan hududlar:

  • Guliston shahri - 736 ta;
  • Sirdaryo tumani - 389 ta;
  • Sayxunobod tumani - 221 ta.

Hozirda reyd tadbirlari viloyatning barcha shahar va tumanlarida davom ettirilmoqda.

Top