08:18 / 13.12.2021
1644

Xorazmda murojaatlar bilan ishlashda kamchilikka yo‘l qo‘ygan 91 mas'ul xodim jazolandi

«Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida»gi qonunining talablarini qo‘pol ravishda buzilishiga sababchi bo‘lgan 91 nafar hokimlik mas'uliga amaldagi qonunlar doirasida ta'sir choralari ko‘rilgan.

Xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash holati muhokama qilindi.

Qayd qilinishicha, 2021 yil yanvar-noyabr oylarida viloyatning shahar va tumanlar hokimliklariga Prezidentning virtual qabulxonasi orqali kelib tushgan 8251 ta murojaatning 4473 tasi qanoatlantirilgan, 3290 tasi bo‘yicha tushuntirish berilgan, 15 tasi rad etilgan, 40 tasi ko‘rmasdan qoldirilgan, 397 tasi ko‘rib chiqish jarayonida bo‘lgan.

1153 ta murojaatning ko‘rib chiqish muddati buzilgan, shundan Urganch shahar hokimligida 447 ta, Urganch tumani hokimligida 262 ta, Xiva shahar hokimligida 114 ta, Gurlan tumani hokimligida 91 ta, Xonqa tumani  hokimligida 69 ta, Xiva tumani  hokimligida 60 ta, Qo‘shko‘pir tumani hokimligida 31 ta, Hazorasp tumani  hokimligida 29 ta, Shovot va Tuproqqal'a tumanlari hokimligida 14 tadan, Yangiariq tumani hokimligida 9 ta, Bog‘ot tumani hokimligida 7 ta va Yangibozor tumanlarida 6 tadan murojaatning ko‘rib chiqish muddati buzilishiga yo‘l qo‘yilgan.

«Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida»gi qonunining talablarini qo‘pol ravishda buzilishiga sababchi bo‘lgan 91 nafar hokimlik mas'ul xodimiga amaldagi qonun doirasida ta'sir chorasi ko‘rilgan. Jumladan — 14 nafar xodimga nisbatan intizomiy jazo choralari qo‘llanilib, jarimaga tortilgan. 71 nafariga hayfsan e'lon qilingan. 6 nafar xodim ma'muriy javobgarlikka tortilgan.

Mavzuga oid
Top