09:22 / 14.12.2021
8348

Banklarda dollar kursi 10 880 so‘mgacha ko‘tarildi

O‘zbekistondagi bir nechta tijorat banklarida 14 dekabr, seshanba kuni ertalab yana dollar kursi ko‘tarildi.

Bir qator banklarda dollar olish 10 760 - 10 820 so‘mdan, sotish 10 880 so‘mdan taklif etilmoqda. Bu navbatdagi maksimal ko‘rsatkich.

So‘nggi marta banklarda dollar kursi kecha jiddiy ko‘tarilgandi. 13 dekabr kuni 1 AQSh dollarining sotish kursi 10 860 so‘mni tashkil qildi.

13 dekabr kuni Markaziy bank xorijiy valutalarning so‘mga nisbatan yangi rasmiy kurslarini e’lon qildi. Ushbu almashuv kurslari bugundan kuchga kirdi. Unga ko‘ra, bir dollar 10 826 so‘m 29 tiyinni tashkil qildi.

Top