21:48 / 14.12.2021
13224
Boks bo‘yicha O‘zbekiston chempionatida final bahslari bo‘lib o‘tdi

Bobo-Usmon Boturov, Dilshodbek Ro‘zmetov, Mujibullo Tursunov kabi nomdor bokschilar final bahslarida mag‘lubiyatga uchrashdi.

Bugun, 14 dekabr kuni Toshkentdagi «Universal» sport saroyida bir hafta davom etgan boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionati yakuniga yetdi. Bu safargi turnir ham bir qator kutilmagan natijalarni taqdim etdi. 

13 vazn toifasida kechgan janglarda Olimpiada ishtirokchilari, jahon va Osiyo chempionatlari sovrindorlari ham qatnashishdi.

Jumladan, -71 kg vazn toifasidagi finalda Olimpiada ishtirokchisi, JCh-2019 sovrindori, Osiyo O‘yinlari g‘olibi Bobo-Usmon Boturov Azizbek Tojiyevga qarshi ringga chiqib, oltin medal uchun jangda kutilmaganda mag‘lubiyatga uchradi.

Yana bir e’tiborli natija -80 kg vazn toifasidagi bahslarda kuzatildi. Tokio-2020 ishtirokchisi, JCh-2019 sovrindori, 2021 yilgi Osiyo chempionati g‘olibi xorazmlik Dilshodbek Ro‘zmetov finalda buxorolik Odiljon Aslonovga ro‘baro‘ keldi. Jangda Aslonov Ro‘zmetovdan ustun kelib, -80 kg vaznda O‘zbekiston chempioni bo‘ldi. Ro‘zmetov esa kumush medali bilan cheklandi.

O‘zbekiston chempionati-2021 barcha g‘olib va sovrindorlari bilan tanishing: 

-48 kg
Asilbek Jalilov – O‘zbekiston chempioni  
Shodiyorjon Meliqo‘ziyev – kumush  
Omadyor Qodirov – bronza  
Sohibjon Sodiqjonov – bronza 

-51 kg 
Mironshoh Ibrohimov – chempion 
Xo‘janazar Nortojiyev – kumush 
Qodirbek Ahtamov – bronza  
Muhammadqodir Ma’murjonov – bronza  

-54kg 
Dilshod Abduvaliyev – chempion 
Shahzod Muzaffarov – kumush 
Sodirbek Kamolmirzayev – bronza 
Oybek Jo‘rayev – bronza  

-57 kg 
Shunqor Abdurasulov – chempion 
Hasanboy Latifoxunov – kumush 
Mirzabek Mirzahalilov – bronza 
Dilshod Abdimurodov – bronza 

-60 kg
Xurshidbek Rasuljonov – chempion 
Faryozbek Hakimov – kumush 
Mirkomil Saidoxunov – bronza 
Adham Muhiddinov – bronza 

-63.5 kg 
Ruslan Abdullayev – chempion 
Mujibullo Tursunov – kumush 
Sulaymon Latipov – bronza 
Shohruxbek Kenjayev – bronza 

-67 kg
Javlon Yo‘ldoshev – chempion 
Jahongir Rahmonov – kumush 
Bilolbek Mirzarahimov – bronza 
Temur Saidov – bronza 

-71 kg 
Azizbek Tojiyev – chempion 
Bobo-Usmon Boturov – kumush 
A’loxon Abdullayev – bronza  
Halim Utegenov – bronza 

-75 kg 
Saidjamshid Ja’farov – chempion 
Abdulaziz Abdupattoyev – kumush 
Suhrobjon Qayumov – bronza   
Login Petrov – bronza 

-80kg 
Odiljon Aslonov – chempion 
Dilshodbek Ro‘zmetov – kumush 
Jasur Yo‘ldoshev – bronza 
Islom Mo‘minov – bronza 

-86 kg 
Temur Mirjanov – chempion 
Jo‘rabek Toshtemirov – kumush   
Nodirbek Pirimberdiyev – bronza  
Shahzod Mauzerov – bronza 

-92 
Jamshid Abdullayev – chempion 
Javohir Tog‘aymurodov – kumush 
Diyorbek O‘rolov – bronza 
Abdulla Xudarganov – bronza 

+92
Jahongir Zokirov – chempion 
Jamshid Xudoyberganov – bronza 
Shahzod Sulaymonov – bronza  
Shohjahon Abdullayev – bronza.

Top