15:45 / 14.12.2021
5784
Dunyoning ofis ijarasi eng qimmat shaharlari reytingi e’lon qilindi

Eng qimmat ofislar reytingida Nyu-Yorkdagi Midtaun Hongkong bilan birgalikda birinchi o‘rindan joy oldi.

Foto: Sean Pollock / Unsplash

Ofis ijarasi qimmatligi bo‘yicha dunyoda Hongkong va Nyu-York yetakchi. Bu haqda JLL kompaniyasining jahon premial ofislari tadqiqotida ma’lum qilindi.

Qayd etilishicha, 2021 yilda eng qimmat ofislar reytingida Nyu-Yorkdagi Midtaun Hongkong bilan birgalikda birinchi o‘rindan joy oldi. Bu shaharlarda joylashgan ofisning bir kvadrat metri uchun yiliga 2900 dollar to‘lashga to‘g‘ri keladi. 

Pekindagi moliyaviy ko‘cha ro‘yxatda ikkinchi pog‘onani egalladi. Bu yerda bir kvadrat metr ofis ijarasi yiliga 2200 dollarga teng.

Keyingi o‘rinlarni Londondagi Vest-End (bir kvadrat metr uchun yiliga 2100 dollar) va Kremniy vodiysi egalladi (1900 dollar).

Top