18:51 / 14.12.2021
3492
Janubiy Sudanda yuzga yaqin kishi noma’lum kasallikdan vafot etdi

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti eng ko‘p o‘lim holati qayd etilgan Jongley shtatiga o‘z mutaxassislarini jo‘natdi. 

Foto: UNHCR/Charlie Yaxley

Janubiy Sudanda bir necha hafta ichida yuzga yaqin inson noma’lum kasallikdan vafot etdi, deb xabar berdi BBC News.

Xabarga ko‘ra, 89 kishi ushbu kasallik qurboniga aylangan. Vaboga olingan testlar manfiy natija bergan.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti eng ko‘p o‘lim holati qayd etilgan Jongley shtatiga o‘z mutaxassislarini jo‘natdi. 

Shu bilan birga, mahalliy hokimiyat vafot etganlar soni aslida ancha ko‘pligini taxmin qilmoqda. Aksariyat holatlar shu yilning avgustida suv toshqinlaridan katta zarar ko‘rgan hududda qayd etilgan.

JSST ekspertlari kasallik epimarkaziga vertolyotda borishiga to‘g‘ri keladi, chunki u yerga quruqlik orqali borishning hozircha imkoni yo‘q.

Top