15:30 / 14.12.2021
13090
Reklama

Samsung kompaniyasidan Smart Monitor: yaxshi qol, shaxsiy kompyuter!

Foto: Samsung

Samsung Electronics, mobil qurilmalar va televizorlar bozorining global yetakchisi, pandemiya sharoitlarida mas’uliyatni his qilgan holda uyda qolib, masofadan ishlayotgan foydalanuvchilarning ehtiyojlari uchun mo‘ljallangan ajoyib yangi mahsulotlarni chiqarmoqda. Tanishing: an’anaviy kompyuterlarga yaqqol ekzistensial tahdidni tug‘dirayotgan Smart Monitor modellarining innovatsion liniyasi.

Katta, deyarli chegarasiz ekranga ega bejirim, ixcham «aqlli» monitor beso‘naqay tizimli blokni ofisda qoldirish imkonini beradi. Chunki yangi mahsulotning ixcham korpusida funksiyalar juda ko‘p. O‘zingiz baho bering.

Foto: Samsung 
Foto: Samsung 

Ish. «Koronavirusga qarshi» Samsung smart-monitori sizga, hatto uy shaxsiy kompyuterisiz ham, Remote Access va Office 365 bulutli servislari yordamida «ishchi ot»ingizning butun kuchidan foydalanish imkonini beradi – faqat internet bo‘lsa kifoya. Oldindan o‘rnatilgan Microsoft paketi bilan avvalgiday ishlashingiz, ya’ni yozishingiz, taqdimotlarni tayyorlashingiz va jadvallarni tuzishingiz mumkin... Ofisga qaytgandan keyin esa o‘sha bulutli servislarning o‘zidan bajarilgan hamma ishlarni shaxsiy kompyuterga yuklab olsa bo‘ladi. Ijobiy tomoni: mushugingizni stoldagi qonuniy joyidan mahrum qilmagan holda uyingizni ish texnikasi bilan ivirsitmaysiz.

Ko‘ngilocharliklar. O‘yinlarni yoqtirasizmi? Qiziqarli seriallarni-chi? Samsung smart-monitoriga konsolni ulab, undan televizor sifatida foydalanishingiz mumkin. Maxsus ko‘ngilochar rejimga o‘tsangiz, bas – barcha sevimli o‘yinlaringiz, striming ilovalar va boshqa ko‘plab narsalar oldingizda muhayyo! Popkornni olib, qulayroq o‘tirib oling, monitorga masofadan turib boshqariladigan pult orqali ovozli komandalarni bering (ha, xuddi shunday) va rohatlaning. O‘rnatma kuchli dinamiklar sizni kolonka xarajatlaridan xalos qiladi va shunga mos ravishda stol ustida ham bir talay joyni tejaydi. Yaxshiyamki, boshlig‘ingiz ishda nimalar bilan band ekaningizni ko‘rmayapti... 

Foto: Samsung 
Foto: Samsung 

O‘qish. Siz o‘quv partasida emas, balki smart-monitor oldida o‘tirsangiz ham mashg‘ulotlarni o‘tkazib yubormaysiz. Uyingizda masofadan turib onlayn-darslarda qatnashishingiz, uy vazifalarini bajarishingiz va o‘qituvchi bilan aloqani ushlab turishingiz mumkin. Murosaga o‘rin yo‘q. Agar guruhdoshlaringizni sog‘ingan bo‘lsangiz, talabalik kechalaridan olingan videotasvirlarni Samsung smart-monitorida tomosha qiling. O‘ta yuqori UHD-yechim, moslashuvchan yorqinlik va maksimal detalizatsiya videotasvirning ichiga sho‘ng‘ib ketish samarasini taqdim etadi.

Bonus: Samsung smart-monitoriga USB type-C yordamida osonlik bilan mobil qurilmangizni ulashingiz va uni zaryadlashingiz yoki ma’lumotlar almashishingiz yoxud Wireless DeX yoki Tap View funksiyasi yordamida, shunchaki telefonni monitor ramkasiga tekkizgan holda simlarsiz ham ulanishingiz mumkin (bunda zaryadlash imkoni bo‘lmaydi). Agar siz Apple qurilmasining foydalanuvchisi bo‘lsangiz, bu holda ham muammo yo‘q – smart-monitorni AirPlay 2 texnologiyasi bilan muvofiqlashtirish mumkin, o‘z iPhone yoki iPad qurilmangizni ulang va katta, yorqin ekranda kontentdan bahra oling! Agar sizda biror-bir sababga ko‘ra klaviatura bo‘lmasa, «aqlli» monitorning ekraniga virtual QWERTY’ni chiqarish va pult yordamida so‘rovni terish mumkin.

Foto: Samsung 
Foto: Samsung 

Bir so‘z bilan aytganda, endi karantin zerikarli bo‘lmaydi. Yana bir yangilik. Yangi Samsung smart-monitori allaqachon trenddan chiqqan klassik shaxsiy kompyuterning o‘rnini osongina bosishga qodir. «Qariya»ni pensiyaga chiqarib yuboring.

Xarid borasida «Yuksal General» MChJ bilan bog‘lanishingiz mumkin: +998998138531, +99900107018 

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid
Top