14:24 / 14.12.2021
1036

Toshkentda sug‘urta polisi mablag‘larini o‘zlashtirish holati fosh etildi

Foto: Shutterstock

Toshkent shahrining Shayxontohur tumanida sug‘urta polislarini realizatsiya qilishdan tushgan mablag‘larni o‘zlashtirish holati fosh etildi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti ma’lum qildi.

Departamentning Shayxontohur tumani bo‘limi tomonidan tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda YaTT S.J. va fuqaro O.X.lar «A.I.» MChJ shaklidagi sug‘urta kompaniyasi o‘rtasida agentlik bitimlarini tuzishga erishib, qat’iy hisobda turuvchi 2 473 dona sug‘urta polislarini realizatsiya qilishdan tushgan jami 120,6 mln so‘mni MChJ hisob raqamiga o‘tkazmasdan o‘zining shaxsiy ehtiyojlariga ishlatib yuborganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Top