09:48 / 14.12.2021
21914
Xitoyda Ilon Maskka “bir tomchidek” o‘xshash erkak topildi

Xitoylik erkak Tesla va SpaceX kompaniyalari asoschisi, amerikalik tadbirkor Ilon Maskka o‘xshashligi bilan internetda mashhur bo‘lib ketdi. U milliarderga shunchalik o‘xshashki, ko‘pchilik foydalanuvchilar uni Maskning egizi deb ham o‘ylagan.

Foto: Kcho How/Facebook/Global Look Press

Maskning qiyofadoshi Tesla mashinasiga o‘tirayotganda videoga olingan. Xitoylik Maskka “bir tomchidek” o‘xshash bo‘lishidan tashqari, uning mimikasini ham o‘xshata oladi. Erkak videoda uni tasvirga olayotgan kishiga xitoychada gapiradi.

Maskning qiyofadoshi videosi ijtimoiy tarmoqlarda paydo bo‘lgach, tezda ommalashib ketdi. Odamlar ikki begona kishi o‘rtasida bunday o‘xshashlik bor bo‘lishi mumkinligiga ishonishmayapti.

“Xitoyda hamma narsani topish mumkin”, deb hazil izoh qoldirgan foydalanuvchilardan biri.

Avvalroq Time nashri Maskni “Yil insoni” deb topgandi.

Mavzuga oid
Top