21:00 / 15.12.2021
10318
Futzal. O‘zbekiston o‘rtoqlik o‘yinida kambek ko‘rsatib, Qozog‘istonni mag‘lub etdi

Futzal bo‘yicha O‘zbekiston milliy jamoasi Qozog‘iston poytaxti Nursulton shahrida mezbonlarga qarshi ikkinchi o‘rtoqlik o‘yinida parketga tushdi.

Foto: O‘FA

Litvada o‘tgan futzal bo‘yicha 2021 yilgi jahon chempionatida kashfiyot jamoalarga aylangan Qozog‘iston va O‘zbekiston milliy jamoalari o‘rtasidagi bahs qiziqarli ruhda o‘tdi. Uchrashuvning birinchi bo‘limida vakillarimiz 0:3 hisobida ortda borayotganiga qaramay, vakillarimiz ikkinchi bo‘limda kambek qayd etishdi.

Davron Choriyevning dubli va Ilhom Hamroyev, Ixtiyor Ropiyev, Akbar Usmonov hamda darvozabon Ravshan Eliboyevning o‘z darvozasidan turib, Igita qo‘riqlagan darvozani ishg‘ol etishi yakunda Bahodir Ahmedov jamoasiga 6:4 hisobli g‘alabani keltirdi.

Ma’lumot uchun, 14 dekabr kuni O‘zbekiston birinchi bahsda mezbonlarga 1:3 hisobida mag‘lub bo‘lgandi.

Futzal. 15 dekabr (chorshanba)
O‘rtoqlik o‘yini. Nursulton.
Qozog‘iston – O‘zbekiston – 4:6 (3:0)

Gollar: Birjan Orazov 2, Albert Akbalikov 3, Duglas 6, Arnold Knaub 24 – Davron Choriyev 23, 29, Ilhom Hamroyev 26, Ixtiyor Ropiyev 28, Akbar Usmonov 28, Ravshan Eliboyev 37.
Qozog‘iston: 2.Igita, 9.Albert Akbalikov, 8.Birjan Orazov, 11.Arnold Knaub, 14.Duglas.
Zaxira: 1.Rauan Atantayev, 4.Nurbek Karagulov, 6.Gaziz Nagashibay, 7.Yersulton Sagindikov, 13.Jomart Tokayev, 15.Bolat Sarbasov, 19.Rinat Turegazin, 33. Nurabek Kabilbayev, 44. Nursultan Tanatuli.
O‘zbekiston: Ravshan Eliboyev, Mashrab Odilov, Dilshod Rahmatov, Akbar Usmonov, Abdulla Solihov.
Zaxira: Rustam Umarov, Anasxon Rahmatov, Ixtiyor Ropiyev, Ilhom Hamroyev, Davlat Ibrohimov, Elbek To‘lqinov, Husniddin Nishonov, Davron Choriyev.

Top