13:19 / 16.12.2021
3312

2021 yilda MIB tomonidan 10 ming qarzdor ish bilan ta’minlangan

Joylardagi davlat idoralarining amaliy yordami bilan 16 ming 968 nafar ehtiyojmand qarzdorning 9 ming 751 nafari ish bilan ta’minlandi. 366ta qarzdorlikning to‘lash muddati uzaytirildi.

16 dekabr kuni o‘tkazilgan Senat majlisida Majburiy ijro byurosi tomonidan joriy yil davomida bajarilgan ishlar bo‘yicha ma’lumot berildi.

Qayd etilishicha, o‘tgan 11 oy ichida jami 18,1 trln so‘m, shu jumladan, davlat foydasiga 7,5 trln so‘m amalda undirilib, 2020 yilning shu davriga nisbatan umumiy undiruv 2,3 barobarga, davlatga undiruv 2,4 barobarga oshgan.

Joylardagi davlat idoralarining amaliy yordami bilan 16 ming 968 nafar ehtiyojmand qarzdorning 9 ming 751 nafari ish bilan ta’minlangan, 39 nafariga imtiyozli kredit ajratilgan, 366ta qarzdorlikning to‘lash muddati uzaytirilgan va 6ta tashkilotga investorlar jalb qilingan.

Shu bilan birga, majburiy ijro bo‘yicha kuzatilayotgan bir nechta muammo ham sanab o‘tildi.

Jumladan, sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarining ijrosi to‘liq va o‘z vaqtida ta’minlanishi asosiy masala ekani aytildi.

Jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararlarning sud va boshqa organlar hujjatlari asosida qoplanishi va ushbu masalani yakuniga yetkazish choralari ko‘rilishi ham doimiy muammolardan.

Aliment qarzdorligi bilan bog‘liq ijro hujjatlarining to‘liq va o‘z vaqtida ijrosi ta’minlab borilishi, shu jumladan, ishsiz aliment to‘lovchilarning bandligini ta’minlash bo‘yicha choralar ko‘rilishi zarurligi ta’kidlandi.

Mavzuga oid
Top