23:26 / 16.12.2021
16600
Ilon Mask AQSh tarixidagi rekord soliqni to‘laydi

Tesla va Space kompaniyalari asoschisi, ayni vaqtda dunyoning eng badavlat odami Ilon Mask AQSh tarixida eng katta soliq to‘lagan insonga aylanishini ma’lum qildi.

Foto: Getty Images

Avvalroq amerikalik senator Elizabet Uorren Mask Time nashri tomonidan “Yil odami” deb topilgani haqidagi xabarga Mask kabi odamlar “birovlarning hisobiga yashamasdan, haqiqatan ham soliqlar to‘lashni boshlashi” uchun AQSh soliq kodeksini o‘zgartirishga chaqirgan.

Amerikalik tadbirkor bunga javoban 2021 yilda AQSh soliq boshqarmasiga juda katta miqdorda soliqlar to‘lashiga senatordan e’tibor qaratishni so‘ragan.

“Agar siz ko‘zingizni 2 soniyagagina ochganingizda, unda men joriy yilda tarixda istalgan amerikalikdan ko‘proq soliq to‘lashimni anglagan bo‘lardingiz”, deb javob qilgan Mask.

Bloomberg axborot agentligining hisob-kitobiga ko‘ra, Maskning maxsus soliq solinuvchi barcha opsionlari hisobga olinsa, unda tadbirkor joriy yilda kamida 10 mlrd dollar soliq to‘laydi. Buning uchun Mask o‘ziga tegishli 15 mlnta opsionni va 11 mlnta aksiyani sotgan.

Avvalroq Time nashri amerikalik tadbirkorni “Yil odami” deb e’lon qilgandi. Nashrning ta’kidlashicha, Maskning “birgina imo-ishorasi” bilan fond birjasi ham yuqorilashi, ham qulashi mumkin.

Mavzuga oid
Top