10:34 / 16.12.2021
5242
Shavkat Mirziyoyev Seulga jo‘nab ketdi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Koreya Respublikasi prezidenti Mun Chje Inning taklifiga binoan 16 dekabr kuni davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatga jo‘nab ketdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Seul shahrida oliy darajada uchrashuv va muzokaralar o‘tkazish, Janubiy Koreya parlamenti rahbariyati va yetakchi kompaniyalari vakillari bilan uchrashish ko‘zda tutilgan.

Kun tartibidan O‘zbekiston-Koreya alohida strategik sheriklik munosabatlarini va ko‘p qirrali hamkorligini, eng avvalo, "yashil" iqtisodiyot, investitsiya va innovatsiyalar, raqamli texnologiyalar, ijtimoiy soha kabi ustuvor yo‘nalishlarda yanada kengaytirish masalalari o‘rin olgan.

Top